Seshanba, 26/02/03, 02:12
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Февраль » 19 » Xitoydagi tijorat banklarining foydasi rekord darajaga yetdi
07:27
Xitoydagi tijorat banklarining foydasi rekord darajaga yetdi

Xitoy tijorat banklarining 2011-yildagi jami sof foydasi rekord darajaga yetib, 1,04 trillion yuanni (165,1 milliard dollar) tashkil qildi. Bu esa 2010-yilga qaraganda 15,8 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda "RosBiznesKonsalting” nashri Xitoy Xalq Respublikasining Bank nazorati bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilgan. ?]

Eslatib o‘tamiz, 2010-yilda Xitoy tijorat banklarining jami sof foydasi oldingi yilga qaraganda 34,5 foizga oshib, 899,1 milliard yuanni tashkil qilgan edi.

Shunday qilib, 2011-yil yakunlariga ko‘ra Xitoy banklarining kredit portfelidagi to‘lanmagan kreditlar ulushi 1,1 foizni tashkil qildi (2010-yil oxirida bu ko‘rsatkich 1,0 foiz edi). Bank sektoridagi kapitalning yetarlilik darajasi esa bir yil oldingi 12,2 foizdan 12,7 foizgacha ko‘tarildi.

Mustaqil ekspertlarning fikricha, rasmiy statistikaga ko‘ra Xitoyning bank sektori barqaror ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi mumkin, biroq ichkari tomondan qaraganda uning milliy bank tizimida bir qancha muammolar mavjud. Xususan, 2009-2010 – yillardagi "kredit bumi” davrida Xitoy banklari munitsipal va mahalliy hukumatlarga katta miqdorda qarz bergan bo‘lib, pirovardida, ushbu kreditlarning qaytarilish ehtimoli juda pastdir. Shuning uchun ham, banklarning kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi oshib ketishi mumkin.

Bundan tashqari, Xitoy markaziy banki yana yirik tijorat banklari uchun depozitlar bo‘yicha zaxira majburiyatlarini qisqartirdi – endi u 20,5 foizga teng. Oxirgi marta ushbu talab 2011-yilning noyabr oyida kamaytirilgan edi. Xitoy markaziy banki zaxiralash normasini qisqartirish orqali banklarga qo‘shimcha pul mablag‘larini paydo qilmoqda hamda bu harakati bilan u kreditlash hajmini o‘stirishni reja qilmoqda.

Категория: Xorij xabarlari | Просмотров: 1332 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Yangiliklar turi sizga yoqdimi ???
Всего ответов: 21


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz