| Bo'limlar |
|
 |
|
Главная » Архив материалов

Yuklanadigan videolarning hajmi 20 kilobaytdan 2 gigabaytgacha bo‘lishi mumkin. Videoni yuklab bo‘lgandan so‘ng, siz uni xohlasangiz hammaga ko‘rinadigan, xohlasangiz faqatgina do‘stlaringiz ko‘radigan qilish ham mumkin. [
...
Davomini o'qish
|
2012-yilning 4-mart kuni Rossiya Federatsiyasida mamlakat
prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda prezidentlikka jami
besh nomzod qo‘yilib, "RIA Novosti” nashrining xabar berishicha o‘tkazilgan saylov natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Vladimir Putin – 63,6% (45,602 milliondan ortiq ovoz);
2. Gennadiy Zyuganov – 17,18% (12,318 milliondan ortiq ovoz);
3. Mixail Proxorov – 7,98% (5,722 milliondan ortiq ovoz);
4. Vladimir Jirinovskiy – 6,22% (4,458 milliondan ortiq ovoz); [
...
Davomini o'qish
|
Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mobil dunyosida yilning eng olamshumul voqeasi sanalgan "Mobile World Congress 2012” ("MWC 2012”) ko‘rgazmasida "Microsoft” korporatsiyasi "Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi chiqarilganini ma’lum qildi.
Kompaniyaning o‘zi "beta-versiya” so‘zini ishlatgani yo‘q, buning
o‘rniga u operatsion tizimning ushbu relizini "Windows 8 Consumer
Preview” ("Windows 8”ning foydalanuvchilar uchun demo-versiyasi) deb
nomlagan. Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning sentabr oyida uning dasturchilar
uchun mo‘ljallangan "Windows 8 Developer Preview” versiyasi chiqarilgan
edi.
Sentabr oyidan beri operatsion tizimga minglab o‘zgartirishlar
kiritilib, endi u foydalanuvchilar uchun sinab ko‘rishga tayyor holatga
keltirildi.
"Microsoft” o‘z operatsion tizimining 8-versiyasiga "Windows Store” deb nomlangan onlayn-do‘konni ham biriktirib, unda turli dasturlar sotiladi hamda ba’zilari bepul tarqatiladi.
Shunday qilib, "Windows 8”ning beta-versiyasini mana bu
yerdan bepul ko‘chirib olishingiz mumkin, biroq undan foydalanish
muddati cheklangan. Operatsion tizimni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan
ISO-faylning hajmi uning turiga qarab 2,5-3,5 gigabayt atrofida.
Yangi ope
...
Davomini o'qish
|
Kompyuter
viruslari operatsion tizimda o'rnashib olganligini bilish unchalik oson
emas, agar bu viruslar troyan yoki rootkit bo'lsa, umuman, ularning
mavjudligini nafaqat foydalanuvchi, balki antivirus programmalari ham
sezmasligi mumkin.
Kompyuterga virus asosan ikki yo'l orqali o'rnashib olishi mumkin.
Birinchi
va eng keng tarqalgani yo'l bu - zararlangan flesh yoki boshqa portativ
disklarni kompyuteringizga ulash, shuning uchun begona fleshni
kompyuterga ulashdan oldin, antivirus programmasi bilan tekshiring.
Ikkinchi
yo'li bu - internetda zararlangan saytlarga kirish, chat davomida
shubhali fayllarni olish yohud ochish yoki p2p tizimidan keladigan
fayllardagi viruslarning kompyuteringizga o'rnashib olishidir.
Internetga ulanishdan oldin, kompyuteringiz xavfsizligiga yetarlicha
ishonch hos
...
Davomini o'qish
|
Kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi "Barnes & Noble” kompaniyasi o‘zining "Nook Tablet”
planshet kompyuterining yangilangan versiyasini chiqardi. Yangi model
noyabr oyida sotuvga chiqarilgan oldingi versiyasidan faqat ichki
xotirasi va narxi bilan farq qiladi – birinchi modelda ichki xotira 16
gigabayt va narxi 249 dollar bo‘lsa, yangisida ichki xotira 8 gigabayt
va narxi esa 199 dollar.
Qolgan
xususiyatlari esa har ikkala modelda ham bir xil. "Nook Tablet”
planshet kompyuteri 1 gigagers chastotali, ikki yadroli protsessor, 1
gigabayt operativ xotira va 1024 x 600 piksel rezolutsiyali 7 dyumlik
ekranga ega. Qurilma "Android 2.3 Gingerbread” mobil
...
Davomini o'qish
|
Xitoy hukumati mamlakatda Gollivud filmlarini qo‘yish bo‘yicha o‘rnatgan cheklovlarni qisqartirmoqda, deya xabar beradi
"RosBiznesKonsalting” nashri "Reuters” agentligiga tayangan holda. AQSh
va Xitoy Xalq Respublikasi vitse-prezidentlari Jozef Bayden va Si
Szinpin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar samarasi o‘laroq Xitoyda
Amerika filmlarini suratga olish hamda ularni aholiga ko‘rsatish
bo‘yicha bir qancha cheklovlar olib tashlandi. [
...
Davomini o'qish
|
Xitoy tijorat banklarining 2011-yildagi jami sof foydasi rekord
darajaga yetib, 1,04 trillion yuanni (165,1 milliard dollar) tashkil
qildi. Bu esa 2010-yilga qaraganda 15,8 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda
"RosBiznesKonsalting” nashri Xitoy Xalq Respublikasining Bank nazorati
bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilgan.
...
Davomini o'qish
|
Nufuzli "Gartner” tadqiqot kompaniyasi 2011-yil uchun jahon mobil telefonlar bozori yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Finlandiyaning "Nokia”
kompaniyasi bu yil ham yetakchilikni o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa-da,
biroq uning sotuv hajmi yildan-yilga tushib ketmoqda. Shu bilan birga,
Janubiy Koreyaning "Samsung”, AQShning "Apple”
va boshqa bir qator (hatto, ba’zilarining nomi ham yo‘q) Xitoy
kompaniyalari esa jahon mobil telefonlar bozorida yangi marralarni
egallamoqda.
[
...
Davomini o'qish
|
Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq – "Facebook”
1-fevral kuni o‘z aksiyalarining ochiq savdosini o‘tkazish uchun AQSh
Qimmatli qog’ozlar va birja komissiyasiga (SEC – Securities and Exchange
Comission) IPO (initial public offering – aksiyalarning birlamchi
taklifi) uchun ariza berdi.
"The Wall Street Journal” gazetasining yozishicha,
ariza maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgach, "Facebook”
aksiyalarining birlamchi savdosi shu yilning bahor oylaridan birida
o‘tkaziladi. Ma’lum bo‘lishicha, "Facebook” IPO natijasida 5 milliard
dollar atrofida mablag’ jalb qilishni rejalashtirgan. Natijada,
...
Davomini o'qish
|
Somali qaroqchilari o‘tgan yili jahon iqtisodiyotiga 6,6-6,9 milliard dollar atrofida zarar keltirishdi. Bu haqda Amerikaning "One Earth Future” jamg‘armasi o‘zining "Oceans Beyond Piracy” hisobotida ma’lum qilgan, deya xabar beradi "Lenta.ru” nashri.
Tashkilotning ushbu hisobotida yozilishicha, ko‘rilgan zararning 80
foizi kemachi kompaniyalarning zimmasiga tushgan. Qolgan 20 foizini esa
turli hukumatlar sarflashgan.
...
Davomini o'qish
|
|
|
| Mini-Chat |
|
|
 |
| Block title |
Portal mamuryati: Admin
dilshodbek_server@mail.ru ---------------------------- (+99890) 636-96-96
|
|
|
|