Seshanba, 26/02/03, 07:22
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Март » 6 » “Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi chiqdi – foydalanib ko‘ring!
17:59
“Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi chiqdi – foydalanib ko‘ring!

Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mobil dunyosida yilning eng olamshumul voqeasi sanalgan "Mobile World Congress 2012” ("MWC 2012”) ko‘rgazmasida "Microsoft” korporatsiyasi "Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi chiqarilganini ma’lum qildi.

Kompaniyaning o‘zi "beta-versiya” so‘zini ishlatgani yo‘q, buning o‘rniga u operatsion tizimning ushbu relizini "Windows 8 Consumer Preview” ("Windows 8”ning foydalanuvchilar uchun demo-versiyasi) deb nomlagan. Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning sentabr oyida uning dasturchilar uchun mo‘ljallangan "Windows 8 Developer Preview” versiyasi chiqarilgan edi.

Sentabr oyidan beri operatsion tizimga minglab o‘zgartirishlar kiritilib, endi u foydalanuvchilar uchun sinab ko‘rishga tayyor holatga keltirildi.

"Microsoft” o‘z operatsion tizimining 8-versiyasiga "Windows Store” deb nomlangan onlayn-do‘konni ham biriktirib, unda turli dasturlar sotiladi hamda ba’zilari bepul tarqatiladi.

Shunday qilib, "Windows 8”ning beta-versiyasini mana bu yerdan bepul ko‘chirib olishingiz mumkin, biroq undan foydalanish muddati cheklangan. Operatsion tizimni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ISO-faylning hajmi uning turiga qarab 2,5-3,5 gigabayt atrofida.

Yangi operatsion tizimni o‘rnatish uchun kompyuterga quyidagicha talablar qo‘yilgan:

  • Protsessor chastotasi – 1 Ggs va undan yuqori;
  • Operativ xotira – eng kamida 1 (32-bit) yoki 2 gigabayt (64-bit);
  • Qattiq diskdagi bo‘sh joy – 16 (32-bit) yoki 20 gigabayt (64-bit);
  • Videokarta – DirectX9 va undan yuqori versiyalariga mos.

Eslatib o‘tamiz, yangi operatsion tizimning beta-versiyasini o‘rnatish faqatgina tajribali foydalanuvchilarga tavsiya etiladi.

"Windows 8” operatsion tizimida ikki xil foydalanuvchi interfeysi mavjud – "Windows 7” kabi oddiy hamda "Metro” uslubidagi interfeys (vidjetlardan foydalaniladi). "Windows”ning eski versiyalari uchun chiqarilgan dasturlar faqatgina oddiy interfeysda ishlaydi xolos. Metro-interfeysi uchun mo‘ljallangan dasturlar esa asta-sekin ishlab chiqilmoqda.

"Windows 8”ga "Internet Explorer” brauzerining har ikkala interfeys uchun mo‘ljallangan 10-versiyasi ham oldindan o‘rnatilgan.

"Windows 8 Consumer Preview”da Metro-interfeysi

Foto: Microsoft

Yangi operatsion tizimga Metro-dasturlarni "Windows Store” internet-do‘konidan ko‘chirib olish mumkin. Ushbu do‘kon hozirda sinov rejimida ishlayapti, shu bois unda hozircha faqat bepul dasturlar bor xolos.

"Windows 8” operatsion tizimi ham shaxsiy kompyuterlar, ham planshet kompyuterlarda ishlash uchun moslashtirilgan. Biroq, uning beta-versiyasini hozircha faqat shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatish mumkin xolos. Uning planshet kompyuterlarga mo‘ljallangan versiyasini alohida sotib olish mumkin emas, chunki u planshet kompyuterga oldindan o‘rnatilgan holda chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Metro-interfeysi "Windows 8”dan tashqari "Windows Phone 7” mobil operatsion tizimi hamda "Microsoft Xbox 360” o‘yin konsolida ham qo‘llanilgan.

"Microsoft” korporatsiyasi "Windows 8”ning yakuniy versiyasi qachon chiqarilishini hali e’lon qilganicha yo‘q. biroq, kuzatuvchilar uning 2012-yil kuzida ma’lum bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida:

"Microsoft” korporatsiyasining "Windows 7” operatsion tizimi 2009-yilda chiqarilgan bo‘lib, shu kungacha undan jami 525 million nusxa sotilgan.

Категория: Hacer | Просмотров: 1387 | Добавил: TelePORT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Yangiliklar turi sizga yoqdimi ???
Всего ответов: 21


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz