Seshanba, 26/02/03, 02:12
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Март » 7 » Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining navbatdagi prezidenti etib saylandi
09:08
Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining navbatdagi prezidenti etib saylandi

2012-yilning 4-mart kuni Rossiya Federatsiyasida mamlakat prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda prezidentlikka jami besh nomzod qo‘yilib, "RIA Novosti” nashrining xabar berishicha o‘tkazilgan saylov natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Vladimir Putin – 63,6% (45,602 milliondan ortiq ovoz);

2. Gennadiy Zyuganov – 17,18% (12,318 milliondan ortiq ovoz);

3. Mixail Proxorov – 7,98% (5,722 milliondan ortiq ovoz);

4. Vladimir Jirinovskiy – 6,22% (4,458 milliondan ortiq ovoz); [ ?]

5. Sergey Mironov – 3,85% (2,763 milliondan ortiq ovoz).

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi 100 foiz saylov byulletenlarini sanab chiqqan bo‘lsa-da, saylovning yakuniy natijalari aniq raqamlar bilan 14-martdan kechiktirilmasdan e’lon qilinadi.

Shunday qilib, amaldagi Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri – Vladimir Putin mamlakat prezidentligi uchun bo‘lgan saylovlarda yutib chiqdi. U 2012-yilning 7-may kuni o‘z lavozimiga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, 2012-yildan boshlab Rossiyada prezidentlik muddati 6 yil qilib belgilangan.

Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi prezidenti etib saylanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov unga tabriknoma yo‘lladi, deya xabar beradi mamlakatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Категория: Xorij xabarlari | Просмотров: 1145 | Добавил: TelePORT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
TelePORT12/03/16 10:08
dawdawda
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Yangiliklar turi sizga yoqdimi ???
Всего ответов: 21


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz