"O‘quvchilarga
uy vazifalarini ertaroq tayyorlab qo‘yishlarini maslahat beraman,
chunki chorshanba kuni ularning sevimli Vikipediya sayti ishlamaydi”, –
deya yozadi Jimmi Uels o‘zining mikroblogida.
Vikipediyadan
tashqari, "Google”, "Yahoo” va "Facebook” kabi dunyodagi eng yirik
internet-kompaniyalar ham SOPA qonun loyihasiga o‘z qarshiligini
bildirmoqda. Ularning fikricha, agarda SOPA qabul qilinadigan bo‘lsa,
Internetda "so‘z erkinligi” degan tushuncha o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Jimmi
Uelsning yozishicha, agarda AQSh Kongressi "antipirat” qonun loyihasini
qabul qiladigan bo‘lsa, u Vikipediyaning butun dunyo bo‘ylab barcha
serverlarini o‘chiradi va bu millionlab odamlarning noroziligiga sabab
bo‘lishi turgan gap.
Vikipediya SOPA qonun loyihasiga qarshi, 2012-yil 18-yanvar, soat 00:00

Foto: "Wikipedia”
Eslatib
o‘tamiz, Yevropa ham xuddi shunga o‘xshash qonun loyihasi ustida ish
olib borayotganligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng Vikipediyaning italyancha
versiyasi ham biroz vaqt ishlamay turdi.
Bundan avvalroq esa, veb-saytlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi dunyodagi eng mashhur registrator – "GoDaddy”
ham SOPA qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab chiqqanidan so‘ng, uning
foydalanuvchilari ommaviy ravishda noroziliklarini bildirishdi. Shundan
so‘ng, "GoDaddy” ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamaslikka qaror
qildi. Manba: THG.uz
|