Somali qaroqchilari o‘tgan yili jahon iqtisodiyotiga 6,6-6,9 milliard dollar atrofida zarar keltirishdi. Bu haqda Amerikaning "One Earth Future” jamg‘armasi o‘zining "Oceans Beyond Piracy” hisobotida ma’lum qilgan, deya xabar beradi "Lenta.ru” nashri.
Tashkilotning ushbu hisobotida yozilishicha, ko‘rilgan zararning 80
foizi kemachi kompaniyalarning zimmasiga tushgan. Qolgan 20 foizini esa
turli hukumatlar sarflashgan. ?
Kemalar Somali qirg‘oqlariga yaqinlashgan paytda xavfsizlik
nuqtai-nazaridan tezlikni oshirishadi, shu sababdan yoqilg‘i sarfi ham
ko‘payadi.
Umumiy xarajatlarning qairyb 99 foizi himoyalanish uchun sarflangan,
bunga harbiy harakatlar, qurollangan himoya, xavfsizlikni ta’minlash
vositalarini sotib olish, sug‘urta, qo‘shimcha kuzatuv kuchlariga
sarflangan pullarni kiritish mumkin.
2011-yilda qaroqchilar tomonidan qo‘lga olingan odamlar, kemalar va
boshqa narsalarni tovon puli evaziga qaytarib olish uchun jami 160
million dollar sarflangan.
Hisobotda keltirilishicha, 2010-yilda Somali qaroqchilari jahon
iqtisodiyotiga o‘rtacha 7-12 milliard dollar zarar keltirishgan edi.
|