Seshanba, 26/02/03, 02:12
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Март » 6 » Nook Tablet” planshet kompyuterining arzonlashtirilgan versiyasi sotuvga chiqarildi
17:51
Nook Tablet” planshet kompyuterining arzonlashtirilgan versiyasi sotuvga chiqarildi

Kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi "Barnes & Noble” kompaniyasi o‘zining "Nook Tablet” planshet kompyuterining yangilangan versiyasini chiqardi. Yangi model noyabr oyida sotuvga chiqarilgan oldingi versiyasidan faqat ichki xotirasi va narxi bilan farq qiladi – birinchi modelda ichki xotira 16 gigabayt va narxi 249 dollar bo‘lsa, yangisida ichki xotira 8 gigabayt va narxi esa 199 dollar.

Qolgan xususiyatlari esa har ikkala modelda ham bir xil. "Nook Tablet” planshet kompyuteri 1 gigagers chastotali, ikki yadroli protsessor, 1 gigabayt operativ xotira va 1024 x 600 piksel rezolutsiyali 7 dyumlik ekranga ega. Qurilma "Android 2.3 Gingerbread” mobil operatsion tizimida ishlaydi.

"Nook Tablet” planshetining yangi versiyasi "Barnes & Noble” do‘konlarida 21-fevraldan sotuvga chiqarildi.

Bundan tashqari, kompaniya 2010-yilda ishlab chiqilgan o‘zining "Nook Color” bukriderining narxini ham 199 dollardan 169 dollargacha kamaytirganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Nook Tablet” arzon planshet kompyuterlar bozorida "Amazon” kompaniyasining "Kindle Fire” plansheti bilan raqobat qiladi. Ularning har ikkalasi ham 2011-yil noyabr oyida sotuvga chiqarilgan. Ularning har ikkalasi ham Android operatsion tizimining maxsus o‘zgartirilgan versiyasida ishlaydi hamda alohida tanlangan servislardan foydalanish mumkin xolos.




Manba
Категория: Web Masters | Просмотров: 1202 | Добавил: TelePORT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Yangiliklar turi sizga yoqdimi ???
Всего ответов: 21


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz