Seshanba, 26/02/03, 07:22
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Февраль » 19 » Mobil telefon ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniyalar
07:25
Mobil telefon ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniyalar

Nufuzli "Gartner” tadqiqot kompaniyasi 2011-yil uchun jahon mobil telefonlar bozori yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Finlandiyaning "Nokia” kompaniyasi bu yil ham yetakchilikni o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa-da, biroq uning sotuv hajmi yildan-yilga tushib ketmoqda. Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning "Samsung”, AQShning "Apple” va boshqa bir qator (hatto, ba’zilarining nomi ham yo‘q) Xitoy kompaniyalari esa jahon mobil telefonlar bozorida yangi marralarni egallamoqda.

[ ?]

Avval xabar qilganimizdek, jahon mobil telefonlar bozori tahlilini yana bir tadqiqot kompaniyasi – "IDC” ham olib boradi. Biroq, "IDC” o‘z hisob-kitoblarida mobil telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining sotuv kanallariga chiqargan qurilmalarini hisoblasa, "Gartner” esa, aksincha, yakuniy iste’molchiga yetib borgan mobil telefonlar hisobini yuritadi.

Shunday qilib, "Gartner” ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda jahonda jami 1,77 milliard dona mobil telefon sotilgan bo‘lib, bu 2010-yilga qaraganda 11 foizga ko‘p demakdir. Bunda birgina smartfonlar savdosi 2010-yilga qaraganda 58 foizga o‘sib, 472 million donani tashil qildi. Bu esa umumiy mobil telefonlar bozorining 27 foiziga teng.

Quyida 2011-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p mobil telefon sotishga muvaffaq bo‘lgan kompaniyalar reytingi berilgan.

Yuqoridagi kompaniyalardan to‘rttasi – "LG Electronics”, "Sony Ericsson”, "Motorola” va "Research in Motion” ham sotuv hajmi borasida, ham daromad borasida yaxshi natijalar ko‘rsata olishmadi. Ustiga-ustak ular "ZTE” va "Huawei” kabi "kichik” o‘yinchilarga kurashda yengilmoqda.

Endi 2012-yil uchun prognozlarga keladigan bo‘lsak, "Gartner” bu yili mobil telefonlar savdosining 7 foizga o‘sishini, bunda smartfonlar savdosi esa 58 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda.

Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1007 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Yangiliklar turi sizga yoqdimi ???
Всего ответов: 21


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz