Kompyuter
viruslari operatsion tizimda o'rnashib olganligini bilish unchalik oson
emas, agar bu viruslar troyan yoki rootkit bo'lsa, umuman, ularning
mavjudligini nafaqat foydalanuvchi, balki antivirus programmalari ham
sezmasligi mumkin.
Kompyuterga virus asosan ikki yo'l orqali o'rnashib olishi mumkin.
Birinchi
va eng keng tarqalgani yo'l bu - zararlangan flesh yoki boshqa portativ
disklarni kompyuteringizga ulash, shuning uchun begona fleshni
kompyuterga ulashdan oldin, antivirus programmasi bilan tekshiring.
Ikkinchi
yo'li bu - internetda zararlangan saytlarga kirish, chat davomida
shubhali fayllarni olish yohud ochish yoki p2p tizimidan keladigan
fayllardagi viruslarning kompyuteringizga o'rnashib olishidir.
Internetga ulanishdan oldin, kompyuteringiz xavfsizligiga yetarlicha
ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun antivirus programmasi ishlab
turgan bo'lishi, viruslarni aniqlash bazasi yangilangan bo'lishi lozim.
Kompyuter
foydalanuvchilari "baxtiga" kompyuteringizga o'rnashib olgan virus o'zi
bir nechta belgilar bilan o'zini bildirib qo'yadi. Bu belgilar, odatda,
quyidagicha bo'ladi:
Kompyuteringiz odatdagiga qaraganda sekin ishlay boshlaydi.
Kompyuteringizning buyruqlarga javob berish tezligi kamayadi va tez-tez qotib qola boshlaydi.
Kompyuteringiz tez-tez o'chib yona boshlaydi.
Siz kompyuterdan foydalanish paytida g'alati xatoliklar, menyu va xabarlarga duch kela boshlaysiz.
Kompyuteringizdagi ayrim programmalar ishlamay qoladi yoki tez-tez xatolikga duch kela boshlaydi.
Kompyuterdan printer orqali xujjat chop etish tizimi ishdan chiqadi.
Agar kompyuteringizga virus tushgan deb o'ylasangiz, quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Kompyuteringiz
internetga ulangan bo'lsa, darhol internet aloqasini uzing, chunki
ba'zibir viruslar internet orqali sizning kompyuteringizga yanada ko'p
zarar yetkazishi mumkin.
O'zingizga
eng muhim va kerakli ma'lumotni (xujjatlar, suratlar va boshqa fayllar)
zaxiraga oling, ya'ni flesh yoki CD/DVD disklariga yozib oling.
Kompyuteringizda
antivirus programmasi bo'lmasa, o'rnating. Iloji bo'lsa, o'zingizning
kompyuterdan emas, boshqa disk yoki fleshda olib kelib o'rnating va
viruslarni aniqlash bazasini yangilang. Agar antivirus programma bo'lsa,
albatta, viruslarni aniqlash bazasi yangilang.
Yangilangan viruslarni aniqlash bazasiga ega antivirus bilan kompyuterning qattiq diskini tekshiring.
Antivirus
programmasi ishlab chiqaruvchi saytiga kirib, virusni kompyuterdan
o'chirishga yordam beradigan maxsus yordamchi programmalar bo'lsa, ular
yordamida ham kompyuterni viruslardan tozalang.
Agar
kompyuter qattiq diskidagi ma'lumotlar o'chib ketgan bo'lsa,
ma'lumotlarni qayta tiklash bo'yicha kompyuter ustasiga murojaat qiling.
Usta qattiq diskni tekshirib, undagi ma'lumotlarni qayta tiklamagunicha
qattiq diskga yangi ma'lumot yozmang.