Seshanba, 26/02/03, 05:36
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Февраль » 16 » “Google Chrome” — Rossiyada birinchi, O‘zNetda ikkinchi
09:47
“Google Chrome” — Rossiyada birinchi, O‘zNetda ikkinchi
"Google Chrome” — Rossiyada birinchi, O‘zNetda ikkinchi
THG | 5-02-2012, 22:11 | 104


"Google Chrome” brauzerlar bozorida tobora ommaviylashib boryapti. 2011-yilning Noyabr oyi boshida avval ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgan "Mozilla Firefox” brauzerini quvib o‘tib ikkinchi o‘rinni egallagandi. "StatCounter” ma’lumotlariga ko‘ra, "Chrome” Rossiya Federatsiyasida birinchi o‘ringa chiqdi yanvar oyidan:[ ?]

Hozirda (4-fevral) uchun brauzerlarning Rossiya bozoridagi ulushlari quyidagicha:

  • Chrome — 28,05%.
  • Firefox — 26,93%.
  • Opera — 22,69%.
  • Internet Explorer — 19,59%.
  • Safari — 2,07%.
  • Boshqalari — 0,68%.

 

Dunyo bozorida esa, haligacha "Microsoft” kompaniyasining "Internet Explorer” brauzeri yetakchilik qilyapti:

  • Internet Explorer — 37,37%.
  • Chrome — 28,72%.
  • Firefox — 24,79%.
  • Safari — 6,43%.
  • Opera — 1,95%.
  • Boshqalari — 0,74%.

O‘zbekiston bozoridagi statistika biroz boshqacharoq. "Bizda” eng ommaviy brauzer — "Opera”, keyin navbatma-navbat, "Chrome”, "Firefox”, "Internet Explorer” va "Safari”:

Agar so‘nggi yarim yillik grafikka e’tibor qaratsak, "Chrome” "Internet Explorer”ni 2011-yilning Sentabr oyida quvib o‘tgan, shu yilning Yanvar oyidan esa "Firefox” bilan o‘rin almashgan:

Faqat "StatCounter” statistikasiga ishonib qolmasdan, www.uz sayti statistikasini ham o‘rganib qo‘yish mumkin. Sayt taqdim qiladigan statistikalarga ko‘ra, brauzerlarning o‘rni bir xil, ulushlari biroz farq qiladi va "Opera”ning mobil versiyasi alohida brauzer sifatida ko‘rsatiladi. Quyidagi ulushda (qavs ichida "StatCounter”dagi ulushlar keltirilgan):

  • Opera — 32,01% (27,32%).
  • Chrome — 20,62% (27,06%).
  • Firefox — 18,24% (26,92%).
  • Internet Explorer — 12,51% (15,91%).
  • Opera Mobile — 11,89% (-).
  • o_O — 1,42% (-).
  • Safari — 1,12% (2,07%).
  • Va boshqalari.

Ulushlarning ikki xil bo‘lishi tabiiy. "StatCounter” va www.uz saytining brauzerlar ommaviyligini hisoblash, manbalari har xil. Bundan tashqari, har qanday onlayn statistika yig‘uvchi servislar internetga ulangan va ma’lum saytlarga kiradigan foydalanuvchilarning brauzerinigina hisobga oladi.

Категория: Web Masters | Просмотров: 1187 | Добавил: TelePORT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
DILSHODBEK12/02/16 23:43
eeeeeeeeeeeeeee he operachi happy
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Sayt sizga yoqidmi ???
Всего ответов: 34


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz