Seshanba, 26/02/03, 07:22
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Февраль » 16 » “Facebook” o‘z aksiyalarini ochiq savdoga chiqarmoqda
10:01
“Facebook” o‘z aksiyalarini ochiq savdoga chiqarmoqda

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq – "Facebook” 1-fevral kuni o‘z aksiyalarining ochiq savdosini o‘tkazish uchun AQSh Qimmatli qog’ozlar va birja komissiyasiga (SEC – Securities and Exchange Comission) IPO (initial public offering – aksiyalarning birlamchi taklifi) uchun ariza berdi.

"The Wall Street Journal” gazetasining yozishicha, ariza maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgach, "Facebook” aksiyalarining birlamchi savdosi shu yilning bahor oylaridan birida o‘tkaziladi. Ma’lum bo‘lishicha, "Facebook” IPO natijasida 5 milliard dollar atrofida mablag’ jalb qilishni rejalashtirgan. Natijada, ?"Facebook”ning kapitallashuv darajasi 75-100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, internet-kompaniyalari ichidagi eng yirik IPO hisoblanadi.

"Facebook” maxsus komissiyaga IPO uchun ariza berar ekan, shu bilan birga u o‘zining ba’zi moliyaviy hisobotlarini ham taqdim qilgan. Unga ko‘ra, "Facebook” kompaniyasi 2011-yilda jami 3,7 milliard dollar miqdorida daromad olib, shundan 668 million dollari uning foydasi bo‘lgan. Olingan daromadning 85 foizi ijtimoiy tarmoq saytiga qo‘yilgan reklamalardan tushgan. Daromadning qolgan qismi esa ijtimoiy o‘yinlar va boshqa turli to‘lovlardan keladi.

2012-yilning 1-yanvar holatiga "Facebook” a’zolari soni 845 million kishini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha internet-kompaniyalari ichidagi eng muvaffaqiyatli IPO 2004-yil "Google” tomonidan o‘tkazilgan edi. O‘shanda internet-giganti investorlardan 1,9 milliard dollar mablag’ jalb qilib, uning kapitallashuv darajasi 23 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

2004-yilning 4-fevral kuni Garvard universitetining sobiq talabasi Mark Sukerberg tomonidan ishga tushirilgan hamda yildan-yilga foydalanuvchilari soni tinmay oshib borayotgan, o‘zining ajoyib platformasi bilan reklama beruvchilarning qiziqishiga sabab bo‘lib kelayotgan "Facebook”ning fond birjasiga chiqishini ko‘pchilik investorlar anchadan beri kutib kelayotgan edi. Shu sababli, "Facebook” 1-fevral kuni IPO uchun ariza berishi bilanoq ushbu xabar ommaviy axborot vositalarining asosiy e’tiborini tortdi.

"Facebook” o‘zining IPO jarayonini tashkillashtirish uchun "Morgan Stanley”, "JPMorgan Chase” va "Goldman Sachs” kabi investitsion banklarni tanlagan. Tiker, ya’ni kompaniyaning birjadagi ramziy belgisi sifatida "FB” tanlandi. Biroq, "Facebook” hali o‘z aksiyalarini Nyu-York fond birjasi yoki NASDAQ birjalaridan qay birida sotishi haqida biror ma’lumot berganicha yo‘q.

"Facebook” asoschisi Mark Sukerberg hozirda kompaniyaning 24 foiz aksiyasiga va 57 foiz ovoz berish huquqiga ega. IPO davomida u o‘zining qancha miqdordagi aksiyalarini sotuvga qo‘yishini hali ma’lum qilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, veb-kompaniyalardan onlayn-kupon biznesi bilan shug’ullanuvchi "Groupon” va ijtimoiy o‘yinlarni ishlab chiquvchi (asosan, "Facebook” platformasi uchun) "Zynga” kompaniyalari ham 2011-yilda muvaffaqiyatli IPO o‘tkazishdi.

O‘tgan sakkiz yil davomida "Facebook” dunyoning ijtimoiy bozoriga aylandi, deydi "The Wall Street Journal” gazetasi. Bunda har kuni odamlar bir-birlari bilan "giybatlashishadi”, turli o‘yinlarni o‘ynashadi, kamiga yana kuniga 250 million donadan ortiq rasm joylanadi.

Категория: Shov-shuv | Просмотров: 1034 | Добавил: TelePORT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Sayt sizga yoqidmi ???
Всего ответов: 34


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz