Seshanba, 26/02/03, 09:28
Приветствую Вас Гость | RSS
 
www.WEBMIR.uz
Главная | | Регистрация | Вход
Bo'limlar

Главная » 2012 » Январь » 23 » Coca-Cola ichimligining maxfiy formulasi saqlanadigan joy o‘zgartirildi
10:21
Coca-Cola ichimligining maxfiy formulasi saqlanadigan joy o‘zgartirildi

Amerikaning Coca-Cola kompaniyasi 86 yildan beri ilk marta o‘zining butun dunyoga mashhur gazlangan ichimligining maxfiy formulasi saqlanadigan joyni o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda 8-dekabr kuni "Agence France-Presse” axborot agentligi xabar tarqatgan.

Kompaniya rahbariyatining ma’lum qilishicha, Coca-Cola ichimligining qo‘lda yozilgan retsepti saqlanadigan seyf 1925-yildan beri turgan bank qutisidan olinib, Jorjiya shtati, Atlanta shahridagi "World of Coca-Cola” muzeyiga ko‘chirilgan.

"Bu Coca-Cola tarixidagi o‘zgacha kun va mashhur ichimlikning 125-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning eng cho‘qqisidir”, – deydi kompaniya rahbari Muxtar Kent.

Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola ichimligining retsepti 1886-yilda Atlanta shahrida yashovchi farmatsevt Jon Pemberton tomonidan o‘ylab topilgan. Ichimlikning formulasi o‘sha paytdan beri judayam maxfiy tarzda saqlanib kelinmoqda hamda uni faqatgina sanoqli kishilargina biladi xolos.

1919-yilda kompaniyaning o‘sha paytdagi rahbari Ernest Vudraf Nyu-Yorkdagi bankdan qarz olgan va garov evaziga ichimlikning formulasi yozilgan retsepni qo‘ygan. Qarz 1925-yilda qaytarilgan, retsept esa o‘shandan beri Atlantadagi "SunTrust” bankida saqlanib kelinmoqda edi.

Kompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili butun dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq mamlakatda Coca-Cola kompaniyasining 1,7 milliarddan ortiq mahsuloti iste’mol qilinadi.


Manba: Infoman.uz

Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1035 | Добавил: TelePORT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Mini-Chat

Block title

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.rudilshodbek_server@mail.ru
----------------------------

(+99890) 636-96-96
----------------------------
Агент@mail.ruАгент@mail.ruАгент@mail.ru


So'rovlar
Yangiliklar turi sizga yoqdimi ???
Всего ответов: 21


www.WEBMIR.uz ©2026-2011 | Barcha xuquqlar ximoyaga olingan

Сайт управляется системой uCoz