Главная » 2012»Апрель»6 » Odnaklasnikda video yuklash rejimi sinov tariqasida paydo bo'ldi
19:15
Odnaklasnikda video yuklash rejimi sinov tariqasida paydo bo'ldi
Yuklanadigan videolarning hajmi 20 kilobaytdan 2 gigabaytgacha bo‘lishi mumkin. Videoni yuklab bo‘lgandan so‘ng, siz uni xohlasangiz hammaga ko‘rinadigan, xohlasangiz faqatgina do‘stlaringiz ko‘radigan qilish ham mumkin. [ ?
Har bir rolik yuklanganidan so‘ng, u Odnoklassniki ma’muriyati tomonidan 5-30 daqiqa ichida tekshiruvdan o‘tadi. Agar rolik talablarga javob bersa hamda mualliflik huquqlarini buzmagan deb topilsa, u saytda paydo bo‘ladi. Servis talablariga javob bermaydigan videolar yuklanganda, bu haqda foydalanuvchiga maxsus bildirishnoma jo‘natiladi.
Yangi servis Video@Mail.Ru loyihasi asosida ishlaydi hamda u 2012-yil yozigacha barcha uchun ochiq bo‘ladi. Hozirda ushbu funksiya faqatgina chekli sondagi foydalanuvchilar uchun ochiq xolos. Hozirda sinov jarayoni ketmoqda.
Odnoklassniki – Rossiyaning eng yirik ijtimoiy tarmoqlaridan biri. LiveInternet statistikaisga ko‘ra, unga bir kunda o‘rtacha 33 million kishi tashrif buyuradi.