
Assalomu alaykum saytdoshlar
bugun "Bismillahir Rohmanir Rohim”
manosini va fazilatlarini o’rgangan
bo’lami"Bismillahir Rohmanir Rohim”
manosi: Mehribon va rahimli Allohning nomi bilan boshlayman.
(Alloh ta’olo o’z o’z kitobini
"Bismillah” bilan boshlagani
musulmonlarga ham o’rnak, ular ham
doim o’z so’zlarini va ishlarini
"Bismillah” bilan boshlashi lozim. Payg’ambar alayhissalom
hadislaridan birida: "Etiborli har bir
ish "Bismillah” bilan boshlanmas
ekan, uning oxiri kesikdur”,
deganlar. Yani, barakasi bo’lmaydi
ohiriga yetmaydi.) Shayton 3 o’rinda odamga sherik
bo’lar ekan. Molida, taom istemol
qilganda va ayoliga yaqinlik
qilganda.
Shu o’rinda Payg’ambarimiz S.A.V
yana bir hadisini keltirib o’tamiz bu hadisni ko’pchiligimiz eshtganmiz va
hikoya deb qabul qilganmiz lekin bu
hikoya emas bu Payg’ambarimiz
S.A.V hadislari ekan o’qib ibrat
olaylik.
Ikki shayton uchrashib qolibdi. Biri semiz ikkinchisi juda ozg’in ekan
shunda semiz shayton ozg’in
shaytonga qarab nega ozib ketding
debdi. Shunda, ozg’in shayton
menga biriktirilgan odam juda
taqvodor odam ekan. Hamma ishida "Bismillah” deydi uyga kirganda
"Bismillah” deydi ko’chada qolaman
ovqatlanganda "Bismillah” deydi och
qolaman kiyim kiyotganda
"Bismillah” deydi yolong’och
qolaman debdi. O’zingchi nega semirib ketding desa menda
aksincha ovqatlanganda
"Bismillah”demaydi birga yiman
kiyim kiyganda "Bismillah” demaydi
birga kiyaman ayoliga yaqinlik
qilganda"Bismillah” demaydi sherik bo’laman degan ekan.
Hammamizga Alloh aqil degan
nematini bergan shunday ekan har
bir ish qilganda "Bismillah” deb shu
aqlimizni ishlataylik.
Alloh hammamizni eshtgan bilgan ilmimizga amal qiluvchilardan
taqvodor bandalaridan qilsin, Omin!